Fransiya politsiyasi Lion metrosida odamlarga hujum uyuştirganlikda gumonlanuvçini qölga oldi. Bu haqda 26 may, yakşanba kuni şahar meri örinbosari Muhammad Şixi ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida yozdi.
Fransiyaning BFM telekanaliga köra, hodisa oqibatida tört kişi jarohat olgan bölişi mumkin. AFP agentligi, öz navbatida, mahalliy politsiyadagi manbaga tayanib, uç kişi jarohatlanganini, biroq ularning heç birida hayot uçun xavf tuğdiradigan jarohatlar yöqligini ma’lum qildi. Ikki kişining qorniga zarba berilgan, uçalasining ham qöllarida jarohat bor, deb yozadi AFP.
Mahalliy Le Progres gazetasining yozişiça, hujum 26 may kuni ertalab Lion metrosida sodir bölgan. CR axborot portaliga köra, gumonlanuvçi Marokaş fuqarosi. ActuLyon sayti politsiyadagi manbaga tayanib xabar berişiça, gumonlanuvçi 27 yoşda bölib, avvallari mayda jinoyatlar sodir etgan. Hujumda gumon qilinayotgan şaxs heç qanday diniy yoki siyosiy bayonotlar bermagan, dedi ismini oşkor etmagan manba. Le Progres ta’kidlaşiça, erkak ötmişda ruhiy kasalliklar tufayli kasalxonaga yotqizilgan.

















