Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mey Makronni g‘alaba bilan tabrikladi va Brexit’ni muhokama qildi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey telefon orqali "Olg‘a" harakati yetakchisi Emmanyuel Makronni Fransiya prezidenti saylovlaridagi g‘alaba bilan tabrikladi va u bilan Brexit’ni qisqagina muhokama qildi. Bu haqda Mey matbuot xizmati ma'lum qildi.
"Bosh vazir yangi prezident bilan bir qator masalalar bo‘yicha ishlash imkoniyatini sabrsizlik bilan kutayotganini hamda Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasidagi noyob sheriklik kelgusi hamkorlik uchun mustahkam asos hisoblanishini aytdi", deb aytildi Dauning-stritda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Mey Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqach, uning "xavfsiz va farovon Yevropa Ittifoqi" bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish istagidaligini aytgan.
Ikki davlat yetakchisi NATO sammiti va "Katta yettilik" maydonlarida uchrashib, muzokaralar o‘tkazishlari mumkinligi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:48 / 24.11.2024
London YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda
08:53 / 01.12.2022
Brexit: Bryussel Londonga bosim o‘tkazishning yangi vositalariga ega bo‘ladi
14:37 / 04.01.2022
Brexit’ga bir yil to‘ldi: Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etib yutdimi yo yutqazdi?
22:11 / 30.12.2021