Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ertakning nihoyasi: «Monako» futbolchilari yozda qayerga qochishadi?
Fenomenal mavsumdan so‘ng «Monako» futbolchilari Yevropa top-klublarning bosh transfer maqsadlariga aylanishi turgan gap.
Benjamen Mendi (Fransiya)
Chap qanot himoyachisi, 22 yosh
Narxi (bu yerda va keyingi satrlarda — transfermarkt.com ma'lumotlariga ko‘ra): 9 mln. yevro
Yaqin yaqingacha Mendi «Marsel»da shunchalik noo‘ng‘ay o‘yin ko‘rsatar ediki, «uchranglilar»ning sobiq futbolchisi, hozirda jurnalistlik qilayotgan Erik di Meko Benjamin qachondir Fransiya terma jamoasida to‘p suradigan bo‘lsa, kalamush yeb yuborishini va'da qilgan. «Monako»da futbolchi ancha o‘sdi va di Mekoni va'dasining ustidan chiqarish va «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Man Siti» va «Liverpul» kabi Angliya top-klublari e'tiborini o‘ziga jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. Sanab o‘tilgan so‘nggi ikki klubga chap qanot himoyachisi juda kerak — Gvardiola Klishiga o‘rinbosar izlab yuribdi, Klopp esa qanotdagi tuynuklarni nominal tayanch yarimhimoyachisi Milner bilan yamab yuribdi.
Jibril Sidibe (Fransiya)
O‘ng qannot himoyachisi, 24 yosh
Narxi: 14 mln. yevro
O‘tgan oyning yozida «Lill» himoyachisi Monakoda emas, Londonda paydo bo‘lishi mumkin edi — uni «Arsenal» o‘z safiga chorlagandi. Sidibe rad javobini berdi — kelib chiqishi Malidan bo‘lgan fransuz himoyachisi asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lishni istardi, Venger tomonidan va'da qilingan bir mavsumdagi 25ta o‘yin uni qoniqtirmadi. «Monako»da o‘tkazilgan o‘ta muvaffaqiyatli mavsumdan so‘ng unga jiddiyroq klub — «Barselona» qiziqish bildirgan. Hozir Kataloniya klubida o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasida nominal yaratuvchi Serxio Roberto o‘ynamoqda, Aleysh Vidal esa yozda jamoani tark etishga hozirlik ko‘rmoqda. Sidibedan tashqari, «Barselona» qisqa ro‘yxatiga portugaliyalik Kanselu va Suaresh, shuningdek «Roma»dan Bruno Peres va TsSKAdan Mario Fernandes ham kirgan.
Temua Bakayoko (Fransiya)
Tayanch yarimhimoyachisi, 22 yosh
Narxi: 7,5 mln. yevro
Mendi va Sidibedan farqli o‘laroq, ivuarlik ildizlarga ega fransuz tayanch yarimhimoyachisi «Monako»da uch yildan beri o‘ynayapti va klub bilan yangi shartnoma imzolashni istamayapti. Hozircha Bakayoko jamoa bilan 2019 yilgacha bog‘langan, biroq yozda muhitni o‘zgartirmoqchi. «Monako» rahbariyati tomonidan belgilangan narx «bor-yo‘g‘i» 60 mln. yevro. Hozircha Baykakoni qo‘lga kiritish uchun ikki nomzoda bor: Kante atrofida fransuzcha bog‘lam qurishni maqsad qilgan «Chelsi» va Matyuididan ehtimolli ajralish o‘rnini to‘ldirishga urinayotgan «PSJ».
Fabino (Braziliya)
Tayanch yarimhimoyachisi/o‘ng qanot himoyachisi, 23 yosh
Narxi: 20 mln. yevro
Top-klublar braziliyalik bu futbolchsini ikki yildan beri kuzatishadi, o‘shanda u unchalik kuchli bo‘lmagan «Monako»da o‘ng qanot himoyachisi bo‘lib to‘p surardi. O‘tgan yozda Fabino bir oyog‘i bilan «Manchester Yunayted»da edi, biroq «Monako» maoshini oshirishdan qochib, o‘z yetakchisi Karvalyu bilan shartnomani uzaytirishni istamadi. Jardimning jamoasida braziliyalik maydon markazida ortdan to‘p uzatuvchi pozitsiyasiga o‘tkazildi va inglizlar hamda ispanlar uchun yanada orzu qilingan maqsadga aylandi. 2017 yilda Fabinoning o‘zi ham APLda o‘zini sinab ko‘rishga qarshi emasligiga shama qildi.
Toma Lemar (Fransiya)
O‘ng qanot yarimhimoyachisi, 21 yosh
Narxi: 20 mln. yevro
«Yuventus»ga qarshi yarim final o‘yinlarida «Monako»ning yosh yarimhimoyachisi hammadan ko‘proq o‘zini ko‘rsatdi. Gap shundaki, Italiya grand jamoasi Lemarga jiddiy ravishda qiziqish bildirmoqda. Asli gvadelupalik 21 yoshli futbolchi barcha top-klublarning skautlari nazariga tushgan. Ommaviy axborot vositalari hattoki «Manchester Siti» «Monako»ning bir yo‘la to‘rt yoshlarini xarid qilishi borasida mish-mishni bolalatib yuborishgandi —Lemardan tashqari bu ro‘yxatdan Mendi, Fabino va Mbappe o‘rin olgandi. Lekin «mish-mishlar» ichida eng haqiqatga yaqini «Yuventus»ning qiziqishi haqidagi ma'lumotdir, bu jamoada o‘ng qanot yarimhimoyachisi pozitsiyasida daroz markaziy hujumchi Mario Manjukich o‘ynatilmoqda.
Bernardu Silva (Portugaliya)
O‘ng qanot yarimhimoyachisi, 22 yosh
Narxi: 25 mln. yevro
Silva — «Monako»ning mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi va «PSJ»dan Kavani va Veratti, «Lion»dan Lyakazett bilan birgalikda Fransiya Liga 1ining eng muhim o‘yinchisi unvoni uchun nomzod hisoblanadi. Agar portugaliya futbolchi Fransiya chempionatida keragidan ortiqcha ushlanib qoladigan bo‘lsa, doimo umid balqib turgan birok katta yulduzga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bergan Lyakazett taqdirini takrorlashi tayin. Hozir Silva haqida «Bavariya»da ham, «Real»da ham, Angliyada ham gap-so‘zlar bormoqda — hamma joyda uning uchun «Monako» vitse-prezidenti Vasilevga futbolchining yo‘qotilishi tashvishini bemalol qoplaydigan katta pul va'da qilishmoqda.
Kilian Mbappe (Fransiya)
Hujumchi, 18 yosh
Narxi: 10 mln. yevro
Mbappening Yevropa futbolida paydo bo‘lganini sezmaslik qiyin edi. «Monako»dagi o‘spirin bir oyog‘i bilan «Manchester Yunayted» va «Borussiya» kabi klublarni o‘rtadan olib tashladi, endi esa «Real», «MYu» va boshqa bir top-klub haqida o‘ylamoqda. Futbolchining agenti Federiko Pastorelloning ta'kidlashicha, mijozining bir oyog‘i 80 mln. yevro turadi; Vasilev esa Mbappe unga o‘g‘lidek bo‘lib qolgani, u bebaho ekanligini aytib o‘tgan. Nima bo‘lganda ham, «Real» prezidenti Florentina Peresning yorqin porlab chiqqan yulduzlarni xarid qilish uchun pulni orqa-ketiga qaramay ishlatish odati borligidan taxmin qilsa bo‘ladiki, Mbappening keyingi manzili ertami-kechi baribir Madrid bo‘ladi.
Leonardu Jardim (Portugaliya)
Bosh murabbiy, 42 yosh
Biroq bu futbolchilarning yo‘qotilishi «Monako»ning bosh murabbiyi Leonardu Jarimning jamoani tark etishiga tenglasha olmaydi. Portugaliyalik mutaxassis Yevropadagi eng yorqin jamoani to‘play olgan va tarkibda birgina (so‘ngan) yulduz — Radamel Falkaonigina saqlab qolgan. Endi shu vaqtgacha o‘rtahol portugal klublari va yunonlarning «Olimpiakos»ida ishlagan Jardimni «Barselona» va «Arsenal»da kutishmoqda. «Barselona» yozda yangi murabbiy topishga qat'iy qaror qilgan va hozircha izlanishda — sobiq kataloniyaliklardan iborat short-listga «Monako»ning hozirgi murabbiyi ham kiritilgan. Londonda esa hamma narsa Arsen Vengerning iste'xfosiga qarab ketmoqda va, masalan, sobiq arsenalchi Mikael Silvestr Jardimni o‘zining sobiq jamoasi uchun ideal nomzod deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid
10:40 / 01.07.2026
Monakodagi portlash bo‘yicha tergovda UXX nomi tilga olindi
09:25 / 30.06.2026
Monakodagi portlashda ukrainalik millioner jabrlandi
21:55 / 05.06.2026
«Real» jiddiy qayta qurish davriga kirmoqda
23:28 / 23.04.2026