Sport | 17:20 / 12.05.2017
5056
1 daqiqa o‘qiladi

Messi La-ligada oy futbolchisi bo‘ldi

Foto: Twitter/@barcelona

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda La-liga rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Argentinalik futbolchi o‘tgan oyda 6 uchrashuvda maydonga tushib, 8 gol va 3ta golli uzatma muallifi bo‘lgandi.

Shuningdek, aprel oyining eng yaxshi murabbiyi ham aniqlandi. Unga ko‘ra, «Malaga» ustozi Michel Gonsales tengsiz deb topildi. Uning jamoasi apreldagi 6 uchrashuvning 4tasida g‘alaba qozonishning uddasidan chiqqandi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid