Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
16 may kuni Toshkentda 32 nafar mast haydovchi aniqlandi
Arxiv foto/ "Kun"
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtda 2017 yil 16 may kuni qayd etilgan yo‘l-transport hodisalari va aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan ma'lumot berdi.
2017 yilning 16 may kuni Toshkent shahri hududida 3 ta yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 3 nafar shaxs tan jarohatini olgan.
2017 yilning 16 may kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2796 ta qoidabuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 961 tasini qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar, 32 tasi mast holda transport vositasini boshqarish huquqbuzarliklarini tashkil etadi.
Toshkent shahar IIBB YHXBning Yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 16 may kuni jami 1153 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 587 tasini svetoforning ta'qiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan harakatlangan, 566 tasi belgilangan tezlikni me'yoridan yuqori tezlikda harakatlanish qoidabuzarliklarini tashkil etadi.
Mavzuga oid
18:27 / 10.01.2026
Toshkentda kattalar uchun hospis ochiladi
13:53 / 10.01.2026
Toshkentda tungi reyd: avtomashina yo‘lovchisidan shubhali modda topildi
12:00 / 10.01.2026
Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi fosh etildi
11:57 / 09.01.2026