21 aprel kuni umumiy ovqatlaniş va gastronomiya sohasidagi tadbirkorlar iştirokida oçiq muloqot bölib ötdi. Unda Soliq qömitasi raisi Farrux Pölatov, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov, biznes ombudsman örinbosari Jamşid Örunov va boşqa mas’ullar iştirok etdi.

Muloqotda tadbirkorlardan biri Toşkent şahrida peşlavhalar olib taşlanayotgani haqida e’tirozlarini bildirdi.

“Hammani qiynab yuborgan peşlavhalar masalasi. Hali özlari “guide book” qilişmagan, topşirsangiz, tasdiq kelmaydi. Biz özimiz hali qilmaganmiz, deyişadi. Siz endi peşlavhangizni olib taşlaşingiz kerak, nomsiz işlaşingiz kerak. Yunusobodda ham, Çilonzorda ham böldi. Neça marta borib, sarson bölib topşirganmiz, pulini ham tölab keldik. Oxiri aytişdiki, tasdiq hali kelmaydi, biz hali özimiz hal qilib olganimiz yöq, deyişadi.

Hamma peşlavhalarni olib taşlaymiz-da, keyin böş binolar rasmiga qarab dizayn kod qilib çiqamiz, deyişyapti. Bitta knopka bilan qilsa böladigan narsani qiliş imkoni yöq ekan”, – dedi tadbirkor.

SSP raisi Davron Vahobov tadbirkorlardan peşlavhalar böyiça aniq takliflar berişni söradi.

“Bir tarafdan bu narsa qaysidir ma’noda töğri. Sababi biz Toşkentning yuzimiz. Şaharga çiqinglar... Men yaqinda Belarusga bordim, hammasi bir xil yozilgan. Birlaşib, özimizning fikrimizni olib çiqaylik”, – dedi Vahobov.

Farrux Pölatov va Davron Vahobov

Tadbirkor fikriça, avval dizayn kod çiqarilib, keyin tadbirkorlarga peşlavhalar uçun tavsiya berilişi kerak.

Soliq qömitasi raisi Farrux Pölatov ayrim peşlavhalar “Angrendan körinişi”ga urğu berib, bir xil dizayn kod bölişini qöllab-quvvatlaşini bildirdi.

Avvalroq maşhur umumiy ovqatlaniş tarmoqlari – Dodo Pizza, Belissimo Pizza, Evos, Feed Up, KFC va Papa Johns peşlavhalar olib taşlanayotgani böyiça jamoaviy murojaat bilan çiqqan edi.

Ular bu amaliyot belgilangan tartib va protsessual talablarga zid ekanini, ayrim hollarda esa röyxatdan ötgan tovar belgilariga ham ta’sir qilib, biznes identifikatsiyasi va intellektual mulk huquqlarini çeklayotganini qayd etgan.