Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mbappening goli «Monako»ga 17 yildan so‘ng ilk chempionlikni taqdim etdi
Fransiya chempionatining 31-turida qoldirilgan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda «Monako» Fransiya chempionatlari tarixida eng ko‘p chempion bo‘lgan «Sent-Eten»ni qabul qildi.
Uchrashuvning 19-daqiqasida 18 yoshli Kilian Mbappe Radamel Falkao tomonidan yetkazib berilgan to‘pdan so‘ng darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va uni ham aldab o‘tib hisobni ochdi. Ushbu gol o‘yinda yagonaligi saqlab qoldi.
Natijada 37 uchrashuvda 92 ochko jamg‘argan «Monako» 17 yildan so‘ng ilk marta Fransiya chempioni degan nomni qo‘lga kiritdi. Bu monegaskliklarning Fransiya chempionatlari tarixida 8-g‘alabasi bo‘ldi. «Sent-Eten» (10 marta) va «Marsel»gina (9 marta) «Monako»dan ko‘proq mamlakat chempioni bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan.
Fransiya 1 ligasi
31-turning qoldirilgan uchrashuvi
Monako – Sent-Eten 1:0 (1:0)
Gol: Mbappe (19).
Monako: Subashich, Glik, Jyemerson, Mendi, Fabino, Lemar, Moutinyu, Mbappe (Radji, 90), Bernardu Silva (Jyermen, 69), Sidibe, Falkao (Karrilo, 88).
Sent-Eten: Ryuffe, Lakrua, Pogba, Poloma, Teofil-Katrin, Maiga (Kleman, 21), Veretu, Norden, Lemuan (Rosha Santush, 85), Seve, Toft-Soderlund (Amuma, 68).
Ogohlantirishlar: Bernardu Silva (67), Lakrua (78).
Mavzuga oid
10:40 / 01.07.2026
Monakodagi portlash bo‘yicha tergovda UXX nomi tilga olindi
09:25 / 30.06.2026
Monakodagi portlashda ukrainalik millioner jabrlandi
23:28 / 23.04.2026
Dunyoda 1 million dollarga qanday ko‘chmas mulk sotib olish mumkin: Monakoda atigi 16 m2
09:33 / 09.10.2025