Shavkat Mirziyoyev «Yangiyer» kichik sanoat zonasiga tashrif buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangiyer shahridagi «Yangiyer» kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Davlat rahbarining 2017 yil 30 martdagi qaroriga muvofiq «Yangiyer» kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad shahar sanoati salohiyatini rivojlantirish, kichik tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini rag‘batlantirish, zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil qilishga investitsiyalarni keng jalb etish hamda ichki va tashqi bozor uchun raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoit yaratishdir.
Davlat rahbari ushbu kichik sanoat zonasining imkoniyatlari, loyihalarning iqtisodiy samaradorligi bilan qiziqdi.
Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan suhbatda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhitidan samarali foydalanib, raqobatdosh mahsulotlar turlarini ko‘paytirish, xorijlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni kengaytirish va eksportni rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Prezident sanoat zonasi hududidagi sobiq «Yangiyeryo‘lindustriya» unitar korxonasining bo‘sh turgan binosini ko‘zdan kechirdi. Hududi to‘qqiz gektar bo‘lgan mazkur korxona «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga o‘tkazilib, uning negizida Yangiyer temir-beton va metall konstruksiyalari ishlab chiqarish zavodi tashkil etilmoqda. Mazkur zavodda yiliga 83 ming kub metr temir-beton mahsulotlari, 5,5 ming tonna metall konstruksiyalari ishlab chiqarish, 15 ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichni qurish va ta'mirlash mo‘ljallanmoqda. Ushbu loyiha uchun 80 milliard so‘m miqdorida investitsiya kiritiladi. Natijada 1250 yangi ish o‘rni yaratiladi.
Shavkat Mirziyoyev ushbu korxona viloyatdagi muhim sanoat obektlaridan biri ekani, bu yerda ishlab chiqariladigan mahsulotlarga talab yuqori bo‘lishini qayd etdi.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024