Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Futzal. Bugun O‘zbekiston termasi chorak final o‘yinini o‘tkazadi
Bugun Tailandda futzal bo‘yicha tarixda ilk marotaba o‘tkazilayotgan U-20 Osiyo chempionatida chorak final bahslari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Mo‘g‘ulistonga qarshi kurash olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston futzal uyushmasi matbuot xizmati tomonidan ma'lumot berilgan.
Ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes boshchiligidagi o‘zbekistonlik futzalchilar turnirning «C» guruhidan joy olgandi. Livan, Hongkong, Myanma va Qatar termalari bilan kurash olib borgan jamoa guruh bosqichini 10 ochko bilan peshqadam sifatida yakunladi. Livan bilan 4:4 hisobida yakuniga yetgan o‘yindan tashqari, Myanma 5:0, Hongkong 8:2, Qatar 7:4 hisobida mag‘lub etilgandi.
Jami 21 mamlakat termalari bosh sovrin uchun kurash olib borayotgan Osiyo chempionatida bugun chorak final doirasida 4 uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Osiyo chempionati—2017
Chorak final
22 may, dushanba
Indoneziya — Tailand
Eron — Livan
Iroq — Yaponiya
O‘zbekiston — Mo‘g‘uliston
O‘zbekiston terma jamoasi bugun zafar qucha olsa, yarim finalda Iroq — Yaponiya juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Finalga qadar yetib borgan ikki terma jamoa 2018 yil bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Olimpiadada ishtirok etadi.