Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quvadagi bolalar bog‘chasida 4 yoshli bola vafot etdi
22 may kuni Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 13-sonli bolalar bog‘chasida fojia ro‘y berdi. Bog‘cha tarbiyalanuvchilaridan biri, 4 yoshli bolakay baxtsiz hodisa qurboniga aylangan.
Kun.uz nashri manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, bolalar musiqa mashg‘ulotiga chiqqan vaqtda ulardan biri quvvatlantirish uchun qo‘yilgan kolonkani borib ushlab olgan va uni tok urgan. Bola voqea joyida vafot etgan.
Quva tumani tergov bo‘limi ma'lumotiga ko‘ra, hodisa joyiga Ichki ishlar boshqarmasi vakillari hamda prokuratura xodimlari kelib, vaziyatni o‘rganishgan, sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazilib, bola elektr toki urishi natijasida vafot etgani qayd qilingan.
Surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
18:37 / 27.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi
20:00 / 10.01.2026
Quvadagi qazishmalar chog‘ida miloddan oldingi davrga oid devor topildi
13:31 / 18.03.2025
«Tashabbusli budjet»da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi
11:20 / 14.03.2025