Prezident Şavkat Mirziyoyev Farğona viloyatiga taşrifi doirasida Quva tumanida agrovoltaika texnologiyasi joriy etilgan qişloq xöjaligi majmuasi bilan tanişdi.

Majmuada suv tejamkorligiga qaratilgan ilğor texnologiyalar joriy etilgan. Xususan, Avstriyaning “Bauer” kompaniyasi texnologiyasi asosida yomğirlatib suğoriş tizimi qöllanilmoqda. Bu usul suvni ekin maydoniga bir me’yorda yetkazib, tuproq namligini saqlaş, öğitni maqsadli beriş va hosildorlikni oşiriş imkonini beradi.

110 gektar maydonni egallagan majmuada intensiv boğdorçilik, çorvaçilik va baliqçilik yönalişlari uyğunlaştirilgan. Bu qayta tiklanuvçi energiya manbalari va suv tejovçi texnologiyalar joriy etilgan mamlakatimizdagi ilk agromajmualardan biri hisoblanadi. Hududda 10 mingta quyoş paneli örnatilgan. Ular elektr energiyasi işlab çiqariş bilan birga tuproq namligini saqlaş va ekinlar uçun soya hosil qilişga xizmat qiladi. Baliqçilik hovuzlarida kislorod beriş jarayoni elektr energiyasi hisobiga amalga oşiriladi, hovuz suvi esa mineral moddalarga boy holda uzumzor va boğlarni oziqlantirişga yönaltiriladi.

Çorvaçilik yönalişida qoramollar quyoş panellari soyasida saqlanadi, boğ hududidagi ötlar bilan oziqlanadi, organik öğit esa yer unumdorligini oşirişga xizmat qiladi. Şu tariqa majmuada energiya, suv, ozuqa va öğit bir-birini töldiruvçi yagona tizimga birlaştirilgan.

Hozir agromajmuada uzumning eksportbop “Avatar” navi yetiştirilib, zotdor qoramol va qöylar parvarişlanmoqda, intensiv baliqçilik yölga qöyilgan. Natijada 100 dan ortiq oilaning daromadi oşirilib, 350 nafar aholi bandligi ta’minlanmoqda. Eksport hajmi 2,5 million dollarni taşkil etadi.

Davlat rahbari majmua faoliyati bilan tanişar ekan, agrodronlar yordamida ekinlarni dorilaş va monitoring qiliş işlarini ham közdan keçirdi.