Uchinchi «Jyeyms Bond» olamdan o‘tdi
Jyeyms Bond haqidagi filmlarning 7 qismida bosh rolni ijro etgan britaniyalik aktyor Rojyer Mur 89 yoshida olamdan o‘tdi. Aktyorning yaqinlari ma'lum qilishicha, u Shveytsariyadagi uyida saraton xastaligi tufayli jon bergan.
Murning o‘limi haqidagi rasmiy nekrologda yozilishicha, u «u saratonga qarshi mardona kurash»dan keyin vafot etdi.
Mur Bond haqidagi filmlarning 1973 yildan 1985 yilgacha chiqqan 7ta qismida ishlagan. U agent 007 qahramonini «Yasha va o‘lishga qo‘yib ber» (Live and Let Die, 1973), «Tilla pistoletli odam» (The Man with the Golden Gun, 1974), «Meni sevib qolgan josus» (The Spy Who Loved Me, 1977), «Oy poygachisi» (Moonraker, 1979), «Faqat sening ko‘zlaring uchun» (For Your Eyes Only, 1981), «Sakkizoyoq» (Octopussy, 1983) va «Qotillik ko‘rinishi» (A View To A Kill, 1985) kartinalarida bosh qahramonni gavdalantirgan.
U Bond rolini Shon Konneri (6 film) va Jorj Lezenbidan (1 film) keyin ijro etgan uchinchi aktyordir.
Mur 1927 yilning 14 oktabrida Londonda tug‘ilgan. U Bond haqidagi filmlarning oltinchisiga suratga tushish vaqtida Hindistondagi qashshoqlik darajasini ko‘rib, dahshatga tushadi va shundan keyin xayriya ishlari bilan shug‘ullana boshlaydi. 1991 yilda u YUNISEF elchisiga aylanadi. U 2009 yilda aktyorlik faoliyatini yakunlab, o‘zini xayriya ishlariga bag‘ishlagandi.
Mavzuga oid
22:11 / 23.09.2021
Aktyor Deniel Kreygga o‘z qahramoni Jyeyms Bond kabi faxriy kommander unvoni berildi
22:14 / 27.01.2021
Jyeyms Bond haqidagi film premerasi Nokia smartfoni sababli kechiktirildi
23:33 / 11.08.2020
Britaniyaliklar eng yaxshi «Jyeyms Bond»ni tanlashdi
22:57 / 20.08.2019