Fan-texnika | 20:40 / 24.05.2017
41242
5 daqiqa o‘qiladi

Jahonning eng shiddatli 10 avtomobili

Katta tezlikda harakatlana oladigan avtomobillar reytingi — anchayin nozik masala. Ishlab chiqaruvchilar avtomobillarni ideal sharoitlarga ega sferik vaakum ichida sinashga urinib kelishadi, biroq bu sharoitni oddiy trassada, hattoki maxsus trekdayam amalga oshirishning iloji yo‘q. Biroq quyida tilga olib o‘tiladigan o‘n avtomobilning har biri shu yilning o‘zida barcha sinovlardan o‘tib bo‘lgan — tezlikni yaxshi ko‘ruvchi ucharlar uchun ularning eng arzoni yarim million dollarga tushadi, eng qimmati esa jiddiy bir firmaning bir yillik daromadi miqdoriga teng.

Ferrari 488 GTB

Maksimal tezligi: 350 km/soat

660 ot kuchiga teng quvvat 7800 aylanishda mashinani 3,5 soniyada 100 km/soat tezlikka erishini ta'minlaydi. Ferrari 488 GTBning oxirgi tezligi — 350 km/soat. Albatta, shunchaga ko‘tarishga jur'atingiz yetsa.

Pagani Huayra

Maksimal tezligi: 370 km/soat

Allaqanday 1,27 million dollar choychaqangiz bo‘lsa, Pagani mashinasini bemalol xarid qilishingiz mumkin. Mashina Mercedes-AMGning 6 litr hajmga ega V12 dvigateli bilan jihozlangan, kapoti ostidagi quvvat 720 ot kuchiga yetadi.

Zenvo ST1

Maksimal tezligi: 375 km/soat

Daniyaliklar mashina ko‘p ishlab chiqarishmaydi, lekin ishlab chiqargan mashinasi borki jahon afkor ommasining diqqatini o‘ziga qaratadi. ST1 Yangi Zelandiyada yig‘iladi, u 6,8 litr hajmli, kuchaytiruvchi va turbokompressorli V8 dvigateliga ega. Bunday avtomobil bor-yo‘g‘i 15 ta ishlab chiqarilgan — garchi uni xarid qilish uchun 1,22 million dollar to‘play olsangiz ham, egasini sotishga ko‘ndirishingiz qiyin kechsa kerak.

McLaren F1

Maksimal tezligi: 386 km/soat

Gordon Myurrey va Piter Stivens zamonaviy dunyoning eng yaxshi sportkarini yaratishganini o‘zlari ham bilishmasa kerak. Intererning unikal dizayni (haydovchi kursisi va rul chambaragi salonning markaziga joylashtirilgan) egasining mutlaqo xudbin xarakteriga ishora qiladi. 2005 yilgacha F1 sayyoramizning eng tez avtomobili edi.

Koenigsegg CCX

Maksimal tezligi: 405 km/soat

O‘z vaqtida Koenigsegg’ni hattoki ko‘nglini topish juda qiyin bo‘lgan Jyeremi Klarkson ham maqtab o‘tgan edi. Boshqa tomondan, Top Gear piloti Stig trekda mashinani boshqara olmay, pachoq qilib, buni mashina orqasida spoyler yetishmasligi bilan izohlab quygandi. Stig deganlarida vijdondan asar ham yo‘q ekan-yey!

9ff GT9-R

Maksimal tezligi: 414 km/soat

9ff tyuning kompaniyasi bu «maxluq»ni Porshe 911 bazasida yaratgan va ushbu markaga topinish darajasiga yetgan minglab ishqibozlarning tonnalab nafratiga duchor bo‘lgan. Modelning dizayni juda bahsli, lekin tezlikning yuqori plankasi oddiy Porshe uchun yetib bo‘lmas darajadaligi aniq.

SSC Ultimate Aero

Maksimal tezligi: 430 km/soat

2012 yilda Amerikaning Shelby SuperCars ustaxonasi superkari 412 km/soat tezlikka erishib, Ginnesning rekordlar kitobiga shitob bilan kirdi. Nazariy jihatdan SSC Ultimate Aero 430 km/soatgacha tezlashishi mumkin, chunki bu mashinada tezlikni elektron nazorat qiluvchi qurilmaning o‘zi yo‘q.

Bugatti Veyron Super Sport

Maksimal tezligi: 431km/soat

Aslida, yuqorida nomi tilga olingan SSC Ultimate Aero trekda ancha yuqori tezlik namoyish etgan edi, biroq Volkswagen vakillari hammasi haydovchining mahoratiga bog‘liq, deb atashgandi. Bugatti Veyron Super Sport jahondagi eng tezkor seriyali avtomobil hisoblanadi.

Hennessey Venom GT

Maksimal tezligi: 435 km/soat

Bu mashinaning maksimal tezligini sinab ko‘rish uchun Kennidi kosmik markazi hududida maxsus trek barpo etishgan. Birinchi poygadayoq Venom GT 435 km/soat tezlikka erishgan.

Bugatti Chiron

Maksimal tezligi: 463 km/soat

Birinchilik gulchambari hanuz Bugatti muhandislarining bo‘ynida osig‘liq turibdi. 2,65 million dollarga teng bu ajoyib mashina hattoki tajribasiz haydovchini ham yo‘l qiroliga aylantiradi: maxsus tuzatish tizimi tezlikning oshishi va tushishini nazorat qilib, o‘ziga xos mexanik yarim-avtopilot vazifasini bajaradi.

Mavzuga oid