Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumaniga tashrif buyuradi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 may, juma kuni Toshkent shahrining yirik tumanlaridan bo‘lmish Shayxontohur tumaniga tashrif buyuradi. Bu haqda «Kun» manbalari xabar bermoqda.
Tashrif davomida davlat rahbari olib borilayotgan islohotlar bilan tanishadi, shuningdek, tumandagi ishlab chiqarish korxonalarini ko‘zdan kechiradi.
Ayni kunlarda butun tuman bo‘ylab tashrifga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Qayd etish kerakki, prezident tashrif vaqtida aynan qayerlarga borishi aniq emas.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Shayxontohur tumaniga Oybek Mirtemirov rahbarlik qilmoqda.
Mavzuga oid
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi
14:51 / 11.04.2025