Light | 17:24 / 26.05.2017
55776
4 daqiqa o‘qiladi

Gilos 10dan ziyod kasallikka davo ekanligi ma'lum bo‘ldi

Foto: O‘zA

Gilos juda ham shirin va foydali meva ekanligi hech kimga sir emas. Ko‘pincha uni yangi uzib olingani iste'mol qilinadi, chunki undan pishirib tayyorlangan murabbo va boshqa ko‘rinishdagi pishiriqlarda gilos o‘zining mazasi va foydali xususiyatlarini yo‘qotadi.

Gilos murabbosining shirinligi olcha murabbosidan qolishmasa ham, uy bekalari gilosdan kamdan-kam holda murabbo tayyorlashadi.

Foydali xossalaridan tashqari gilosda bitta katta kamchilik bor
 — gilosni haddan tashqari ko‘p iste'mol qilingach, organizmda ortiqcha suyuqlik hazm bo‘lmay to‘xtab qoladi, natijada ertasiga ertalab inson o‘z tanasida shish paydo bo‘lganini kuzatishi mumkin.

Gilosning xuddi ana shu “kamchiligi” sababidan homilador ayollarni gilosni ko‘p miqdorda iste'mol qilishdan qaytarishadi.

Inson sog‘lig‘i uchun gilosning asosiy foydalari:

1. Gilos qabziyat muammosini hal qiladi.

Chunki bu meva iste'mol qilingach, tanada ichaklar faoliyatini tezlashtirib yurgizadi va oqibatda modda almashinuvi me'yorda bo‘lishi ta'minlanadi.

2. Pishiqchilikda gilos iste'mol qilinganda bolalarda ham, kattalarda ham immunitet mustahkamlanadi.

Shifokorlar pishiqchilik mavsumida meva va sabzavotlarni me'yorida to‘yib iste'mol qilishni tavsiya etishadi, bunda gilos istisno etilmaydi, chunki uning tarkibida juda ko‘p miqdorda organizmni turli infeksiyalardan himoya qiluvchi va yangi immun hujayralari o‘sib chiqishiga sabab bo‘luvchi vitaminlar mavjud.

3. Kuniga 2-3 mahal bir qismdan gilos iste'mol qilish inson qon tarkibida xolesterin miqdorini sezilarli kamaytiradi, shuningdek, xolesterin tugunchalari paydo bo‘lishining oldini oladi.

4. “Asabiy” "psoriaz" va "ekzema" kabi teri kasalliklarini gilos yordamida davolash mumkin. Bunday holda, kasallikni davolash jarayonida gilos yordamchi davolovchi vosita sifatida bu kasalliklardan tezroq forig‘ bo‘lishga yordam beradi, yolg‘iz uni iste'mol qilish kasallikdan to‘liq xalos eta olmaydi, shifokor belgilagan dori-darmonlarning o‘rnini to‘liq bosa olmaydi.

5. Agar kishida gemoglobin miqdori pasaygan bo‘lsa yoki anemiya (kamqonlik) diagnozi qo‘yilgan bo‘lsa, gilos bu xastaliklardan qutilishda qo‘l keladi. Bunday kishi o‘zini gilos iste'mol qilishdan tiyishi yoki cheklashi foydali bo‘lmaydi, aksincha, uni bor-yo‘g‘i bir hafta davomida muntazam iste'mol qilib, gemoglobin miqdorini ko‘tarish va anemiyadan forig‘ bo‘lish mumkin.

6. Erta toksikozni boshdan kechiruvchi homilador ayollar gilos iste'mol qilib bu noxush holatdan qutilishlari mumkin. Yuqorida aytib o‘tilganidek, shifokorlar tanada ortiqcha shish paydo bo‘lishining oldini olish va buyraklarni zo‘riqtirmaslik maqsadida gilosni haddan tashqari ko‘p iste'mol qilishdan qaytarishadi. Shu sababdan boshidan toksikozni kechirayotgan homilador ayollarga o‘ntacha gilos (bundan ko‘p emas) iste'mol qilishni tavsiya etishadi.

7. Qon bosimi oshib yuruvchi gipertonik xastaligi bor kishilar ham gilos iste'mol qilib, salomatliklarini yaxshilab olishlari mumkin.

Pishiqchilikda gilosni muntazam istemol qilib yurish arteriya bosimini bir me'yorda bo‘lib turishiga yordam beradi. 

Jaloliddin Nuriddinov tayyorladi

Mavzuga oid