Global statistikaga köra, diabet bilan yaşovçilarning 40 foizgaça bölgan qismi surunkali buyrak kasalligiga duç keladi. Buyraklar esa organizmning eng muhim filtrlaridan biri: ular qonni tozalaydi, çiqindilarni çiqaradi, suv va tuz muvozanatini saqlaydi. Bu tizim izdan çiqqanida butun organizm faoliyati buziladi.

Surunkali buyrak kasalligi köpinça keç taşxislanadi, çunki dastlabki bosqiçlarda belgilari bilinmasligi mumkin. Agar vaqtida aniqlanmasa, kasallik buyrak yetişmovçiligiga olib keladi. Mazkur holatda dializ (organizmdagi qonni tozalaş, zaharli moddalarni çiqariş va suv-tuz muvozanatini saqlaş işini bajaruvçi muolaja) yoki buyrak köçiriş amaliyoti ötkazilmasa, holat hayot uçun xavf tuğdiradi.

Diabet qanday qilib buyraklarga zarar yetkazadi?

Buyraklar organizmdagi qonning asosiy filtr tizimi bölib, qonni tozalaş orqali glyukoza darajasini ham nazorat qiladi. Qonda şakar doimiy yuqori bölsa, asablar va qon tomirlariga zarar yetkazadi. Buyraklar asosan mayda qon tomirlaridan taşkil topgani sababli yuqori miqdordagi glyukoza darajasi ularni tez şikastlaydi.

Qonda şakar köpayganda tana içida kimyoviy özgarişlar yuz beradi. Bu özgarişlar oqibatida siydikda oqsil paydo böladi. Oqsil buyrak içida çandiqlaniş va fibroz (töqimalarning qalinlaşişi) jarayonini boşlaydi. Natijada buyrakning işlaş qobiliyati yomonlaşadi va kasallik yanada kuçayadi: yuqori şakar → oqsilning siydikka çiqişi → buyrak töqimalarining çandiqlanişi → buyrak işlaşining yomonlaşişi → kasallikning kuçayişi.

Buyrak kasalligining 5 bosqiçi

Buyrak faoliyati GFR (glomerulyar filtratsiya darajasi) orqali baholanadi. GFR – buyraklarning qonni qançalik darajada samarali filtrlay olişini körsatadigan raqam. U qança past raqamlarda qayd etilsa, buyrak şunçalik yomon işlayotgan böladi.

1-bosqiç: GFR 90 va undan yuqori. Buyraklar hali yaxşi işlaydi. Lekin siydikda qon yoki oqsil paydo bölişi mumkin, bu kasallikning dastlabki belgisi hisoblanadi. Mazkur holatda köpinça bemorlar özini yaxşi his qiladi va alomat sezilmaydi.

2-bosqiç: GFR 60–89. Buyrak faoliyati biroz pasayadi. Kasallik asta-sekin rivojlanayotgan böladi, lekin jiddiy muammo kuzatilmaydi. Şu bosqiçda davolaniş va qondagi şakar, qon bosimi kabi körsatkiçlarni nazorat qiliş kasallikning yomonlaşişini sekinlaştiradi.