Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sitsiliyada "Tramp muzqaymog‘i" taklif qilinmoqda
G7 sammiti yakunlangan Sitsiliya orolidagi Taormin shahridagi muzqaymoq kafelaridan biri AQSh prezidenti Donald Tramp sharafiga maxsus muzqaymoq sota boshladi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Shirinlik uch rangdagi – qizil, ko‘k va oq sharchalardan iborat. Bu sharchalar AQSh bayrog‘ini ifodalaydi. Muzqaymoq The Trump Cup – Tramp kubogi deb ataldi.
Muzqaymoq yorqin-zarg‘aldoq va sariq rangdagi shakar tolalariga ham ega. Bu tolalar AQSh yetakchisining soch turmagini ifodalaydi.
G7 sammiti 27 may kuni yakunlandi. G7 dunyoning iqtisodiy va sanoat jihatdan eng rivojlangan davlatlaridan iborat bo‘lib, unga Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, AQSh, Kanada, Fransiya va Yaponiya kiradi.
Mavzuga oid
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
22:11 / 09.02.2026
Sitsiliyadagi shahar ko‘chki tufayli jar yoqasiga kelib qoldi
22:35 / 22.06.2025
Milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqildi
16:57 / 01.01.2025