Sport | 15:50 / 30.05.2017
5163
2 daqiqa o‘qiladi

«Borussiya» Tuxelni iste'foga chiqardi

Foto: Bild

Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiy Tomas Tuxelni iste'foga chiqardi. Bu haqda Sport Bild xabar tarqatdi.

Ushbu 43 yoshli mutaxassis mavsum yakuni arafasida jamoa rahbariyati, xususan klub bosh direktori Xans-Yoaxim Vattske bilan ixtilofga borgandi. 

Murabbiyning faoliyatidan jamoa futbolchilari ham noroziligi aytilgan.

Tuxelning amaldagi shartnomasi muddati 2018 yil yoziga qadar edi va shu tufayli shartnoma bir tomonlama buzilgani uchun unga endi 2 million yevro miqdorida tovon puli to‘lanadi.

Tuxel «Maynts»dan dortmundliklar jamoasiga 2015 yil yozida Yurgen Klopp o‘rniga kelgandi. 

Uning keyingi jamoasi «Bayyer» bo‘lishi mumkin. Shuningdek, u «Arsenal»da Arsen Venger o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatorida sanalgan.

Endilikda «Borussiya» murabbiyligi uchun mavsum yakunida «Nitstsa»dan iste'foga chiqqan Lyusen Favr asosiy nomzod bo‘ladi.

59 yoshli Favr uzoq yillar davomida Germaniyada ishlagan: 2007-2009 yillarda u «Gerta»ni boshqargan, 2011-2015 yillarda esa Menxengladbaxning «Borussiya»siga ustozlik qilib, jamoani ilk marta Chempionlar ligasiga olib chiqqan. 

Mavzuga oid