Dortmundning «Borussiya» klubi boş murabbiy Tomas Tuxelni iste'foga çiqardi. Bu haqda Sport Bild xabar tarqatdi.

Uşbu 43 yoşli mutaxassis mavsum yakuni arafasida jamoa rahbariyati, xususan klub boş direktori Xans-Yoaxim Vattske bilan ixtilofga borgandi. 

Murabbiyning faoliyatidan jamoa futbolçilari ham noroziligi aytilgan.

Tuxelning amaldagi şartnomasi muddati 2018 yil yoziga qadar edi va şu tufayli şartnoma bir tomonlama buzilgani uçun unga endi 2 million yevro miqdorida tovon puli tölanadi.

Tuxel «Maynts»dan dortmundliklar jamoasiga 2015 yil yozida Yurgen Klopp örniga kelgandi. 

Uning keyingi jamoasi «Bayyer» bölişi mumkin. Şuningdek, u «Arsenal»da Arsen Venger örnini egallaşi mumkin bölgan nomzodlar qatorida sanalgan.

Endilikda «Borussiya» murabbiyligi uçun mavsum yakunida «Nitstsa»dan iste'foga çiqqan Lyusen Favr asosiy nomzod böladi.

59 yoşli Favr uzoq yillar davomida Germaniyada işlagan: 2007-2009 yillarda u «Gerta»ni boşqargan, 2011-2015 yillarda esa Menxengladbaxning «Borussiya»siga ustozlik qilib, jamoani ilk marta Çempionlar ligasiga olib çiqqan.