Qahvani ko‘p iste'mol qilish foydalari nimalardan iborat?
Sauthempton universiteti olimlari qahvani ko‘p ichish foydasini aniqlashdi. Ularning ta'kidlashlaricha, qahvani ko‘p iste'mol qilish jigar saratonining oldini olishi mumkin ekan. Bu haqda MedicalXpress saytida e'lon qilingan axborotnomada ta'kidlanadi.
Mutaxassislar 2,25 mln kishining salomatligiga doir holati o‘rganilgan ma'lumotlarni tahlil qilishdi. Ishtirokchilar bir kunda 1 piyoladan 5 piyolagacha qahva ichadiganlar guruhlariga taqsimlandi.
Ma'lum bo‘lishicha, bir kunda bir piyola qahva ichish gepatotsellyulyar kartsinoma ehtimolini 20 foizga kamaytirar ekan. 2tasi 35 foizga kamaytirsa, 5 piyola qahva bu raqamni 2 karra pasaytiradi. Shuningdek, kofeinsiz qahva ham foydali ta'sir ko‘rsatsa-da, kamroq darajada bo‘lishi ta'kidlandi.
Tadqiqotchilarning fikricha, ichimlikdagi moddalar shamollash, saratonga qarshi antioksidantlik va boshqa xususiyatlarga egadir. Boshqa mutaxassislar esa, qahvani jon-dilidan yaxshi ko‘ruvchilar jigar sirroziga kamroq uchrashini isbotlashgan edi.
Shu bilan birga, olimlar, barchani birdek qahvani ko‘plab ichishga chaqirmaydi. Chunki, dastlab, ularning aytishicha, qahvani ko‘p ichishdan kelib chiqadigan zararlarni aniqlab olish kerak. Masalan, homilador ayollar bu ichimlikni ichmasligi maqsadga muvofiqligi ma'lum va mashhur. Ammo, 2030 yilga kelib 1,2 mlndan ortiq inson jigar saratonidan aziyat chekishi taxmin qilinayotgani e'tiborga olinsa, tadqiqot natijasi foydadan xoli emas, albatta.
Mavzuga oid
15:25 / 21.11.2024
Hatto sport yordam bermasligi mumkin: uzoq vaqt o‘tirish yurak kasalliklari xavfini oshirishi aniqlandi
17:01 / 18.11.2024
Qahva spirtli ichimliklarga bo‘lgan ishtiyoqni o‘ldiradi - tadqiqot
18:28 / 12.11.2024
Havo ifloslanishi uzoq davom etsa, bolalar va kattalarda astmaga chalinish xavfi ortadi - tadqiqot
12:53 / 10.11.2024