Kobul markazida dahshatli portlash: qurbonlarning aniq hisobi yo‘q
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida kuchli portlash ro‘y berdi. Kelib tushayotgan ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa shaharning prezident saroyi va xorijiy elchixonalar binolari joylashgan hududdan uzoq bo‘lmagan joyda sodir bo‘lgan.
Portlash halokatli bo‘lgan - hodisa hududidan bir necha yuz metr masofadagi uylar shikastlangan.
Fox News telekanali afg‘onistonlik ma'murlarga asoslanib bergan ma'lumotiga ko‘ra, portlash kamida 50 kishini hayotdan olib ketgan.
Ariana News ma'lumotida qurbonlar soni 200 nafardan ortiq ekani aytilgan.
Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligi ayni vaqtga kelib 60 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga keltirilgani haqida xabar bergan.
Update: Afghan Health ministry says 60 wounded people so far taken to hospitals.#KabulBlast pic.twitter.com/KUDOQdq4mC
— Pajhwok Afghan News (@pajhwok) May 31, 2017
Assoshieyted Press esa hodisa oqibatida "50 kishi yo jarohatlangani yo halok bo‘lgani" haqida yozmoqda.
Photos via @pajhwok #kabul #kabulattack pic.twitter.com/nBpOYwRY9o
— Luke 🇺🇸 (@LukePolitics) May 31, 2017
Mahalliy politsiya terakt xudkush terrorchi tomonidan sodir etilganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
17:04 / 22.10.2024
Qo‘shrabotda ikki qavatli uy portladi. Bir oilaning 4 a’zosi halok bo‘lgan
12:00 / 12.10.2024
Sergelidagi portlash: 4 nafar ayblanuvchining har biri 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
18:11 / 07.10.2024
Qashqadaryoda gaz-zapravkada portlash sodir bo‘ldi
10:06 / 12.09.2024