Hodisa bugun erta tongda Qöşrabot tumanining Mustaqillik mahallasida joylaşgan köp qavatli uylarning xonadonlaridan birida sodir bölgan. Oqibatda er-xotin va ularning öğli va qizi vafot etgan. Portlaşga gaz sabab bölgani aytilmoqda. Qöşnilarga köra, portlaşdan söng xonadonda yonğin ham kelib çiqqan.

Samarqand viloyatining Qöşrabot tumanida köngilsiz hodisa yuz berdi: gaz portlaşi oqibatida bir oilaning 4 a’zosi vafot etdi. Kun.uz muxbiri voqea joyida bölib, qöşnilar bilan suhbatlaşdi.

Hodisa bugun soat 6:30lar atrofida tuman markazidagi Mustaqillik mahallasida, ikki qavatli uyning 2-qavatidagi xonadonlardan birida sodir bölgan. Dastlabki taxminlarga köra, portlaşga xonadonda gaz töplanib qolişi va xonadon egasi buni bilmagan holda çiroqni yoqişi sabab bölgan.

Portlaş oqibatida R.S., M.S. hamda ularning farzandlari F.X. va D.X. voqea joyida vafot etgan.

“Soat 6:15larda öğlimni uyğotdim, maktabga ketişi kerak edi. Soat 6:20larda öğlim portlaş ovozini eşitgan. Yugurib taşqariga çiqdik. Qarasak, uy yonayotgan ekan. Portlaş zilziladay bölgan, öğlim qörqib qolgan.

Hali tong otmagandi, ğira-şira qoronğu edi. Heç kim yordam berolmadi. Qöşnimning turmuş örtoği Rustam aka keça gaz keldimi, kelin, deb söragandi. Yöq degandim. Bugun ertalab endi u kişining özi yöq. Bitta oila yöq bölib ketyapti, unaqa ölimga loyiq emasdi bular”, deydi halok bölgan oila qöşnisi.

Yana bir qöşni esa tongda kuçli portlaşni eşitganini, taşqariga çiqib, kuçli yonğin bölayotganini körganini ma’lum qildi. Unga köra, heç qanday yordam berişning imkoni bölmagan.

“Farzandlari katta edi. Öğli şu yil talaba bölgandi, kontrakt asosida öqişga kirgandi. Döstining töyi sabab u ham uyiga kelgan ekan keça”, deydi u.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hozirça holat yuzasidan munosabat bildirmadi. Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi matbuot xizmati bilan esa boğlanişning imkoni bölmadi.

Boş prokuratura matbot kotibi Hayot Şamsutdinov holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilayotganligini bildirdi.