Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL klublari rekord darajada daromad qildi
Angliya Premer-ligasi 2015/16 yilgi mavsumda 3,649 mlrd funt (4,17 mlrd yevro) miqdorida daromad ko‘rgan. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, bu avvalgi mavsumga qaraganda 200 mln funtga (228 mln yevro) ko‘pdir.
Angliyada eng ko‘p daromad qilgan jamoa - «Manchester Yunayted» bo‘lgan. Bu jamoa daromadi miqdori 515 mln funt (558 mln yevro). Bu borada ikkinchi o‘rinni «Manchester Siti» egallagan — 392 mln funt (418 mln yevro).
Shuningdek, klublar futbolchilarning va boshqa xodimlarning maoshlari uchun 2,241 mlrd funt (2,569 mlrd yevro) sarflagan. Bu esa yangi rekord hisoblanadi.
2016/17 yilgi mavsumida klublarning daromadi yanada oshishi kutilmoqda. Premer-liganing Britaniya kanallari bilan tuzgan shartnomasiga ko‘ra, klublar uch yil davomida 8,4 mlrd funt (9,6 mlrd yevro) mukofot oladi. Bu esa ularning daromadini 60 foizga oshiradi.
Mavzuga oid
19:00 / 29.06.2026
Enso Mareska "Manchester Siti"ga bosh murabbiy etib tayinlandi
18:11 / 03.06.2026
Abduqodir Husanov APLda transfer narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar o‘ntaligiga kirdi
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
15:56 / 22.05.2026