Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda Messiga bag‘ishlangan ko‘ngilochar bog‘ ochiladi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi o‘ziga bag‘ishlanadigan tematik bog‘ni ochishga qaror qildi. Bu haqda Independent nashri xabar bermoqda.
Messi Experience Park deb nomlanuvchi bu bog‘ Xitoyda 2019 yilda paydo bo‘ladi. Ko‘ngilochar bog‘da 20 ta attraksion bo‘ladi. Bog‘da, shuningdek, futbolchining faoliyatidagi eng yaxshi lahzalarni ko‘rishga imkon beruvchi virtual reallik ko‘zoynaklari bo‘ladi.
"Men tashrif buyuruvchilarga ularda yo‘q bo‘lgan tajribani bermoqchiman va ularni sport bilan shug‘ullanishga ilhomlantirmoqchiman. Umid qilamanki, ular bog‘da bo‘lganlarida yonlarida men borligimni his qiladilar", deb aytgan Messi.
2016/2017 yillardagi mavsumda Messi 55 ta uchrashuvda ishtirok etib, 56 ta gol, 11 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026