Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jim Kerri sud oldida javob beradi
«Niqob» va «Trumen tomoshasi» filmlari qahramoni Jim Kerri dugonasining o‘limida ayblanib, sud oldida javob beradi. Chunki, sud mahkamasi marhuma qarindoshlarining arizani e'tiborsiz qoldirish so‘rovini rad etdi.
30 yoshli asli irlandiyalik Ketriona Uayt Los Anjyelesda yashab, vizajist sifatida ishlar edi. 2015 yil sentabr oyida uning o‘z uyida jasadi topildi. Maxsus o‘rganishlar natijasida aniqlanishicha, ayol retsept bo‘yicha beriladigan dorilardan ko‘p ichib vafot etgan. Uaytning o‘limi rasman o‘z joniga qasd qilish deb tan olingan.
Uaytning onasi Brigid Suitman hamda marhuma bilan birga yashamaydigan turmush o‘rtog‘i Mark Byorton 55 yoshli aktyorni sudga berib, Jim Kerrini Uayt uchun dorilarni xarid qilib berganlikda ayblashdi. Los Anjyeles oliy sudi hakami esa, Kerrining advokati Reymond Baucherning ushbu ayblovlarga «vahshiyona» va «yomon» deb ta'rif berganiga qaramay, sud ishini to‘xtatmaslikka qaror qildi.
Sudya Deyrdre Hill jarayon boshlanishini 2018 yil 26 aprelga belgiladi. Sud tortishuvlari 20 kunlar davom etishi taxmin qilinmoqda. Sud eshituvlaridan so‘ng, jurnalistlarga fikrini bildirgan advokatga ko‘ra, sud jarayoni aktyor uchun juda og‘riqli bo‘ladi, chunki Jim Uayt xonimni juda yaxshi ko‘rgan.
Byortonning aktyorga nisbatan o‘tgan yili bergan arizasida ta'kidlanishicha, «Kerri ko‘rsatilgan dorilarni noqonuniy tarzda olgan va shu bilan Kaliforniya shtati qonunchiligini ham buzgan». Bundan tashqari, aktyor «Uayt xonimning bevaqt fojiali o‘limida javobgarligini va ishtirokini yashirishga uringan».
Kerrining o‘zi har qanday ayblovlarni inkor etmoqda. Uning, o‘ziga nisbatan shunday ariza topshirilganini bilgach, matbuot uchun bergan bayonotida shunday deyiladi:
«Qanday dahshatli sharmandalik. ... Men shu odamning advokati bilan bu masalani juda osonlik bilan yuzma-yuz gaplashib butunlay hal qilishim mumkin edi. Biroq, hayotda shunday holatlar bo‘ladiki, dunyoning yovuzliklariga qarshi kurashish va o‘z obro‘yingni himoya qilishing kerak bo‘ladi. Men, meni va men yoqtirgan ayoldan o‘z maqsadlarida foydalanishlarini shunday, jazosiz qoldirmoqchi emasman. Ket muammosi bizning uchrashuvimizdan ancha avval boshlangan edi va uning shu tarzda fojiali tugashini hech kim ayta olmasdi. Umid qilamanki, qachonlardir odamlar uni tinch qo‘yishadi».
Mavzuga oid
11:02 / 21.09.2016
Tonggi xabarlar: Branjyelina ajralmoqda, Skype’ning barcha versiyalari o‘chiriladi, Armanistonda Mustaqillik kuni va boshqa eng qaynoq yangiliklar
16:56 / 20.09.2016
Jim Kerri sobiq ma'shuqasining o‘limiga aloqadorligini rad etmoqda
12:31 / 20.09.2016