Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Londondagi voqealarni qoraladi
2017 yilning 4 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri Tereza Meyga London shahridagi terrorchilik hujumi oqibatida insonlarning qurbon bo‘lgani munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etdi.
«Biz hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydigan bunday g‘ayriinsoniy va shafqatsiz harakatni qattiq qoralaymiz hamda xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda mazkur jiddiy tahdidga qarshi murosasiz kurashni davom ettirishga tayyormiz», - deyilgan O‘zbekiston prezidentining hamdardlik maktubida.
Davlat rahbari «halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi hamda jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayib ketishlarini tiladi».
4 iyunga o‘tar kechasi London ko‘prigida avtofurgon piyodalar ustiga yurishi, keyin uning ichidagi shaxslar chiqib, odamlarga pichoq bilan hamla qilishi oqibatida 7 kishi halok bo‘lib, 48 kishi jarohatlandi. Britaniya hukumati hodisani terakt deb atadi.
Mavzuga oid
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:34 / 05.09.2025