Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orlandodagi ommaviy qotillikni sobiq harbiy amalga oshirgani ma'lum qilindi
Foto: AP
Orlando politsiyasi shahardagi ofislardan birida otishma sodir etgan erkak shaxsini o‘rnatdi. Bu haqda mahalliy sherif tvitterida ma'lum qilindi.
"Ommaviy qotillikni 45 yoshli, oq tanli, Kichik Jon Robert Nyuman ismli shaxs sodir etgan. U yolg‘iz yashagan, okrugda hech qanday qarindoshi bo‘lmagan. Armiya faxriysi, 1999 yilda harbiy xizmatdan qaytgan", deb aytdi sherif Jyerri Demings.
5 iyun kuni erkak avval ishlagan ishxonasiga kelib, sobiq hamkasblarini otib tashlagan. Buning oqibatida 4 kishi voqea joyida, bir kishi esa shifoxonada vafot etgan. Halok bo‘lganlar orasida kompaniya boshlig‘i va bir ayol ham bo‘lgan. So‘ngra qotil o‘z joniga qasd qilgan.
Ma'lum qilinishicha, qotillikni sodir etgan erkak taxminan aprel oyida bu kompaniyadan bo‘shatilgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:30 / 09.03.2026
Putin chet ellik harbiylar bo‘yicha yangi qonunni imzoladi
20:05 / 12.02.2026
Kanadada mamlakat tarixidagi eng ommaviy qotilliklardan biri sodir etildi
12:21 / 07.11.2025
RF harbiysi Ukrainada umrbod qamoqqa hukm qilindi
08:39 / 22.09.2025