Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin imzolagan qonunga köra, Rossiya qurolli kuçlarida yoki boşqa tuzilmalarda harbiy xizmatni ötayotgan yoki ötagan hamda jangovar harakatlarda iştirok etgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni jinoiy ta’qib qiliş yoki hukmni ijro etiş uçun xorijiy davlatlarga topşiriş taqiqlanadi.
Tegişli hujjat 8 mart, yakşanba kuni huquqiy hujjatlar portalida joylaştirildi.
Özgartişlar Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksining 464-moddasi birinçi qismiga kiritildi. Uşbu modda şaxslarni sörov asosida topşirişni rad etiş masalasiga taalluqli.
Bundan avval, 2025 yil 10 noyabr kuni, RBK, “Interfaks” agentliklari va “Vedomosti” gazetasi öz manbalariga tayanib, Rossiya hukumatining qonun loyihalari faoliyati böyiça komissiyasi mazkur taşabbusni qöllab-quvvatlaganini xabar qilgan edi.
Bundan oldin, 2025 yil 8 iyul kuni, Putin boşqa bir farmonni imzolagan edi — u çet elliklarga safarbarlik davrida Rossiya armiyasida xizmat qilişga ruxsat beradi.
Hujjatga köra, şartnomalar safarbarlik tugagunça, harbiy holat bekor qilingunça yoki uruş vaqti muddati tugagunça tuzilişi lozim. Şu vaqtga qadar çet elliklarning Rossiya armiyasida xizmat qilişi faqat favqulodda holat yoki harbiy holat şaroitida, şuningdek qurolli mojarolar davrida mumkin edi.
Putinning 2022 yil 21 sentabrda, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi fonida qabul qilingan safarbarlik haqidagi farmoni hozirgaça bekor qilinmagan va hanuz amal qilmoqda.
AQŞ razvedkasi ma’lumotlariga köra, Rossiya qurolli kuçlari har oy taxminan 30 ming nafar harbiy xizmatçini yollagan, Yevropa baholariga köra esa bu raqam 40 ming nafarni taşkil qilgan.
Rossiya Xavfsizlik kengaşi raisining örinbosari Dmitriy Medvedev 2025 yil 2 iyul kuni yil boşidan beri Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşiş uçun 210 ming kişi Mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzganini ma’lum qilgan edi. Bu har oyga örtaça 35 ming kişidan töğri keladi.








