Sport | 12:03 / 06.06.2017
9050
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» Mbappe uchun yangi taklif jo‘natadi

«Real» yaqin kunlar ichida «Monako»dan Kilian Mbappeni transfer qilish uchun navbatdagi harakatni boshlaydi.

RMC Sport ma'lumotiga ko‘ra, Qirollik klubi 18 yoshli bu futbolchi uchun 135 million yevro to‘lashga tayyor.

Ammo fransiyalik futbolchi «Monako»da qolishni ma'qul ko‘rmoqda.

Monegaskliklar rahbariyati ham unga yangi shartnoma taklif etmoqchi.

Bu futbolchiga «Real»dan tashqari, «Arsenal», «Manchester Siti», «PSJ», «Yuventus» va «Liverpul» klublari ham jiddiy qiziqishmoqda.

Madrid jamoasining bundan oldinroq bergan 100 va 130 million yevrolik takliflari rad etilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid