OTMlarga kirishda superkontrakt qay tartibda amalga oshiriladi?

Foto: O‘zA
Bugun, 7 iyun kuni Xalqaro Press-klubda O‘zbekiston oliy ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va 2017-2018 o‘quv yili uchun abituriyentlar qabuliga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda qatnashgan "Kun.uz" xodimiga ko‘ra, unda 68 ball va undan kamroq ball olganlarning qo‘shimcha shartnoma (superkontrakt) bo‘yicha o‘qish masalasi ko‘tarildi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, 4 ballgacha past ball olgan abituriyentlar qo‘shimcha kontrakt bo‘yicha ta'lim oladi. Undan keyingi stavkalar olingan ballga qarab bosqichma-bosqich ko‘payaveradi. Bu stavkalarning belgilanishi har bir oliy ta'lim muassasasining moddiy ehtiyojlaridan kelib chiqib belgilanadi. Qo‘shimcha o‘rinlar ham barcha OTMlarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda yaratiladi.
Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vaziri birinchi o‘rinbosari Inomjon Majidov bu borada qo‘shimcha qildi: "Kvotadan tashqari oliy ta'lim muassasasining imkoniyatlaridan kelib chiqiladi. Bunda birinchi shart - oliy ta'lim muassasasida qo‘shimcha qabul uchun imkoniyat bo‘lishi kerak. Ikkinchidan esa, o‘sha belgilangan summani to‘lash imkoniyati mavjud bo‘lishi masalasi bor.
68 ball oldi - talaba bo‘ldi degani emas. Nega? Masalan, oliy o‘quv yurtlarida 1 ballni olsak, shu 1 ballning o‘zini ichida bir OTMda 50 abituriyent, boshqasida esa 2 nafargina o‘tirgan bo‘lishi mumkin. Superkontraktni belgilashda birinchi qadam 1,5 - 2 - 2,5 barobar va h.k. tartibda ketadi".
Ma'lum qilinishicha, hozirda bakalavr bosqichiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ishlar boshlangan. Shundan kelib chiqib yanada aniq ma'lumotlar beriladi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
Polsha prezidentlik saylovida Karol Navrotski g‘alaba qozondi
Jahon | 17:16
-
«BAAdagi fuqarolarimizni tezlikda tekshiruvdan o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan» - TIV
O‘zbekiston | 16:53
-
“Yaponiyada birinchi bo‘lib rahbarlar ishdan olinadi” – yapon biznesini boshqarayotgan o‘zbek ayoli
O‘zbekiston | 16:50
Mavzuga oid

18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?

15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi

15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

15:01 / 21.09.2023