Sport | 10:50 / 08.06.2017
21904
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropaning eng kuchli klublari reytingi tuzildi

Nielsen kompaniyasi tarkibidagi Gracenote agentligi Yevropaning eng kuchli klublari reytingini (Euro Club Index) tuzdi.

Ushbu reytingda «Real» yetakchi, ikkinchi o‘rinni «Barselona», uchinchi o‘rinni «Bavariya» egallagan. Beshlikni «Atletiko» va «Yuventus» yakunlab bergan.

Rossiyaning «Zenit» klubi 22-o‘rinda.

Gracenote reytingi jamoalarning oxirgi 4 yildagi natijalariga ko‘ra tuziladi. Shu bilan birgalikda, oxirgi mavsumdagi natijalar ahamiyatliroq.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid