Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Ostonada
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Ostona shahriga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Sammitda ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari tashkilotning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishi, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.
Majlisda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ShHT faoliyatini kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, shuningdek, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashni kuchaytirish masalalari ham muhokama qilinadi.
Ostona shahrida ShHTning Toshkent sammiti qarorlarini amalga oshirish bo‘yicha Hindiston va Pokistonni tashkilot a'zoligiga qabul qilish jarayoni nihoyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Sammit doirasida Prezidentimizning qator delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlari ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida EXPO – 2017 ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmaning rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadi.
Mavzuga oid
19:52 / 21.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi boshlandi
19:12 / 05.03.2026
Qozog‘istonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologik sammiti bo‘lib o‘tadi
09:42 / 23.01.2026
Ostona va Samarqand o‘rtasida aviareyslar soni ko‘payadi
18:54 / 08.09.2025