Jahon | 14:10 / 11.06.2017
11583
2 daqiqa o‘qiladi

«Yashil» energetika Qozog‘istonga 500 ming ishchi o‘rni taqdim etadi

Qozog‘iston bosh vaziri Bakitjan Sagintayevning ma'lum qilishicha, 2050 yilga borib mamlakat YaIMida «yashil» energetika ulushi 3 foizni tashkil qiladi. U bu haqda Ostonada boshlangan «Ekspo-2017» ko‘rgazmasi doirasida «Energetikaning barqaror rivojlanishini ta'minlash» konferensiyasi davomida aytib o‘tgan.

Vazirning qayd etishicha, bu mamlakatda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga olib keladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «yashil» energetika Qozog‘istonda 500 ming ishchi o‘rni yaratilishini ta'minlaydi.

Sagintayev Qozog‘iston 2016 yili iqlim masalalari bo‘yicha Parij kelishuvini ratifikatsiya qilganini eslatib o‘tgan.

«Bugungi kunda energetikaning 80 foizlik qismi qazilma xom ashyolar asosida, ko‘plab mamlakatlar qazilma yoqilg‘ilarga bog‘lanib qolgan, biz esa ular bunday hayot darajasidan voz kechishini kutib turmoqchi emasmiz», — degan BMT qoshidagi Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi direktori Olga Algayerova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, energetika sohasida samaradorlikni oshirish choralarini ko‘rish zarur.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid