Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beayb amerikalik jinoyatchi qiyofadoshi sababli 17 yillik umrini qamoqda o‘tkazdi
AQSh hukumati Kanzas-Sitida yashovchi, sodir etmagan jinoyat uchun 17 yillik umrini qamoqda o‘tkazgan Richard Jonsni ozod etdi. Bu haqda The Kansas city star nashri xabar bermoqda.
Jons 1999 yilda og‘ir oqibatlarga olib kelgan o‘g‘rilikda ayblanib, 19 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingandi. Unga qarshi ayblov guvohlar bergan ko‘rsatmalargagina asoslangan bo‘lgan.
Jons aybsizligini isbotlash maqsadida huquq himoyachilariga murojaat qildi. Ular esa jinoyat sodir etilgan joy yonida Jonsga juda o‘xshash Riki ismli odam yashashini aniqlashgan.

"Qiyofadoshimning suratini ko‘rganimda, menga hammasi ayon bo‘ldi", deb aytdi Jons.
Yangi sud ishi davomida guvohlar Riki va Jonsning suratlarini taqqoslab, Jonsning aybdorligi endi ularda shubha uyg‘otayotganini aytishgan. Shu sababli sud Jonsga chiqarilgan hukmni asossiz deb topib, uni ozod qilishni hukm qilgan.
Mavzuga oid
22:11 / 30.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonda qariyb 19 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi
18:22 / 10.11.2025
Fransiya sobiq prezidenti Sarkozi qamoqdan ozod etiladi
14:08 / 29.10.2025
Shvetsiyada 13–14 yoshlilar uchun hibs markazlari joriy etiladi
20:47 / 29.09.2025