Inson DNKsining eng to‘liq xaritasi tuzildi
O‘tgan asrda mashhur olimlar Jyeyms Uotson va Frensis Krik Nobel mukofotini “Nuklein kislotalarining molekulyar tuzilmasi va ularning jonli tizimlarda ma'lumot uzatishdagi ahamiyatiga oid ixtiro” uchun olishgandi. O‘shanda bu tuzilmalarni DNK deb nomlashdi, biroq DNKni rasshifrovka qilish (asl ma'nosini ochish) uchun nukleotidlar ketma-ketligini ularning funksiyalarini aniqlash maqsadida tahlil qilish kerak bo‘ldi.
Uzoq vaqt davomida DNK molekulasining katta qismida hech qanday funksiya yo‘q, deb hisoblab kelingan. Bu boradagi ilk tadqiqotlar 2003 yilda boshlandi, hamda o‘shanda mutaxassislar e'tibori oqsillar ishlab chiqarishga mas'ul bo‘lgan 2 foiz genomga qaratildi, xolos. Shundan so‘ng uslub qayta ko‘rib chiqildi va olimlar inson DNKsining burama chizig‘ini chuqur o‘rgana boshlashdi. Biroq sayyoraning turli davlatlaridan bo‘lgan taxminan 400 ekspert “DNK unsurlarining ensiklopediyasi”ni yaratish ustida ishlashdi. Ishlar davomida aniqlanishicha, DNKning avval noma'lum bo‘lgan qismi o‘ziga xos “hujayralar uchun yo‘riqnoma”ga javob bergan, ular oqsil-kimyoviy birikmalar va ularning sintezlanishiga ixtisoslashgan. Ayni damga qadar mutaxassislar DNKning 80 foizdan ortig‘ini o‘rganib chiqishdi va olingan ma'lumotlar asosida inson genlar xaritasini tuzib chiqishdi.
Bunday keng ko‘lamli ish natijalari qator ilmiy jurnallarda e'lon qilindi, ishning o‘zi esa bir-biri bilan bog‘langan 30 ta materialni qamrab oladi.
Mavzuga oid
15:32 / 23.09.2024
Asalari zahri tarkibida saratonga qarshi modda topildi
14:51 / 23.09.2024
Zaytun tarkibidagi modda depressiyani davolashga yordam berishi aniqlandi
22:58 / 17.09.2024
Germaniyalik olimlar surunkali og‘riqni yengishga yordam beradigan yangi usulni aniqladi
15:29 / 17.09.2024