Bugungi ösmirlar 15 yil avvalgi tengdoşlariga qaraganda ança kam uxlaydi va uyqu yetişmovçiligi ommaviy muammoga aylanmoqda. AQŞdagi Konnektikut universiteti tibbiyot maktabi olimlari ana şunday xulosaga kelişdi. 

Olimlar AQŞning Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazi tomonidan muntazam ötkaziladigan ösmirlar xulq-atvori böyiça milliy sörovnoma ma’lumotlarini tahlil qildilar. Bu maktab öquvçilarining hayot tarzini örganuvçi eng yirik tadqiqotlardan biri hisoblanadi. Tahlilga 2007–2023 yillar oraliğidagi ma’lumotlar kiritilgan.

Unga köra, ösmirlarning yarmidan köpi sutkasiga beş soatdan kam uxlaşini bildirgan. Bu kuzatuvlar davridagi eng yuqori körsatkiç hisoblanadi.

Bunday qisqa uyqu vaqti ösib borayotgan organizm uçun juda kam hisoblanadi. Doimiy uyqu yetişmasligi xavotir, depressiya holatlari, diqqatni jamlaşda qiyinçiliklar va öqişdagi natijalarning yomonlaşişiga olib kelişi mumkin. Şuningdek, u semiriş va qandli diabet xavfini ham oşiradi.

2007 yilda sakkiz soat yoki undan köp uxlaydigan maktab öquvçilari 30 foizdan ortiq bölgan bölsa, 2023 yilga kelib bu körsatkiç çorak qismdan ham kamroqni taşkil etgan. 

Kam uxlaş depressiv fikrlar bor-yöqligidan yoki ekran qarşisida köp vaqt ötkazişidan qat’i nazar, deyarli barça ösmirlar guruhlarida kuzatilmoqda.