Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti lavozimiga nomzodlarga qo‘shimcha shartlar kiritilmoqda
Foto: akorda.kz
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev "Qozog‘iston Respublikasining ba'zi konstitutsiyaviy qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonunni imzoladi. Hujjat tegishli konstitutsiyaviy qonunlarni konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan mos keltirish uchun yuborilgan. Bu haqda Nazarboyev matbuot xizmati ma'lum qildi.
Jumladan, "Saylovlar haqida"gi qonunga mamlakat prezidenti lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar kiritilmoqda. Bu talablar: davlat xizmati yoki davlat lavozimlarida kamida 5 yillik ish tajribasi ega bo‘lish, o‘z majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklarga ega emaslik.
"Prezident haqida"gi qonunda prezident vakolatlari konstitutsiyaviy tuzatmalarga muvofiq holga keltirilmoqda. Xususan, prezident parlament Majlisi (quyi palatasi) bilan maslahatlashuvdan keyin bosh vazir tomondan taqdim qilingan nomzodlarni hukumat a'zolari lavozimlariga tayinlaydi.
"Respublika referendumi haqida"gi qonunga ham tuzatishlar kiritilmoqda. Ularga ko‘ra, referendumda mamlakat unitarligi va hududiy yaxlitligi, uning boshqaruv shakli bilan bog‘liq masalalar hamda Qozog‘iston prezidenti tomondan asos solingan respublika faoliyatining muhim tamoyillari ko‘rib chiqilmaydi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025