Jamiyat | 19:30 / 15.06.2017
8045
2 daqiqa o‘qiladi

Oromgohga jalb qilinmagan bolalar nima bilan mashg‘ul bo‘ladi? 

O‘quvchilarning ta'til kunlarini maroqli va mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zbekistonda an'anaviy ravishda ormogohlar faoliyati tashkil etiladi. Joriy yilda ham jami 1150 ta (214 ta statsionar, 936 ta kunduzgi) oromgoh tashkil etilib, ularga yoz mavsumi davomida qariyb 300 mingdan ortiq bolalarni qamrab olish ko‘zda tutilgan. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Umumta'lim maktablarida 4,5 mln. dan ortiq o‘quuvchi tahsil olishi inobatga olinadigan bo‘lsa, oromgohga jalb qilinmagan bolalar nima bilan mashg‘ul bo‘ladi, degan savol kun tartibiga chiqadi. 

Ayni maqsadda Xalq ta'limi vazirligi tashabusi bilan oromgohlarga qamrab olinmagan bolalar uchun “Yoz-2017” konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu konsepsiyaning asosiy maqsadi o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini foydali mehnatga yo‘naltirishdir. 

Mazkur konsepsiyaga ko‘ra respublikadagi qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilmaydigan hamda kunduzgi oromgohlar tashkil etilmagan ta'lim muassasalarida to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ya'ni,

-    Maktablarda “sog‘lomlashtirish maydonchalari”;

-    “Barkamol avlod” bolalar markazlarida to‘garaklar;

-    Axborot-resurs markazlarida kitbxonlik mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. 

Mazkur Kontseptsiyaga muvofiq ta'lim muassasalarida madaniy – ma'rifiy va sport tadbirlari joriy yilning15 iyunidan 15 avgustigacha, haftaning dushanba-juma kunlari davomida o‘quvchilar yoshiga muvofiq tashkil etiladi.

Muassasalarida belgilangan vaqtlarda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari inobatga olingan holda davra suhbatlari, o‘yinlar, viktorinalar, sport musobaqalari, kitobxonlik bahslari, ingliz tili saboqlari, musiqa to‘garagi kabi turli tadbirlar tashkil etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid