«Huquqiy axborot» portali tomonidan farzandini oromgohga yuborayotgan ota-onalarga huquqiy eslatmalar berildi.

Unda oromgohlarga qöyiladigan talablar, bolalar va oziq-ovqatlar xavfsizligi, şuningdek, boşqa muhim masalalarga oid me’yorlar keltirilgan.

1. Oromgoh qanday talablarga javob berişi kerak?

Oromgoh sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, xavfsizlik talablariga töliq javob berişi şart. Har bir oromgohda tibbiy punkt taşkil etilib, u tez tibbiy yordam körsatiş uçun zarur bölgan barça dori-darmonlar va tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan bölişi kerak.

2. Oromgohdagi guruhlar tarkibidagi bolalar soni qança bölişi kerak?

Oromgohda bolalarning yoşini hisobga olgan holda guruhlar tuziladi. Guruhlardagi bolalar soni 7 – 9 yoşdagi bolalar uçun 30 nafardan, 10 – 14 yoşdagi bolalar uçun 40 nafardan oşmasligi kerak.

3. Oromgohda dam oliş davomiyligi neça kun?

Oromgohda dam oliş davomiyligi odatda taşkilotçilar tomonidan belgilanadi. Bunda soğlomlaştiriş muddati yozgi mavsumda 10 kundan, kuzgi, qişki va bahorgi mavsumda 7 kundan kam bölmasligi lozim. Mehnat va dam oliş oromgohida har bir mavsum 12 kundan köp bölmagan muddatga belgilanadi.

4. Oromgoh uçun yöllanma narxida imtiyoz bormi?

Bolalar oromgohga yöllanma asosida yuboriladi. Yöllanma oromgohdan sotib olinadi. Ota-onasi işlayotgan bolalar kasaba uyuşmalari tizimidagi oromgohga yuborilganda yöllanma narxining 55 foizi kasaba uyuşmasi tomonidan tölab beriladi. Şuningdek, davlat organlari va taşkilotlari xodimlari farzandlari uçun oromgohga yöllanma olganda narxining 50 foizgaça qismi iş beruvçining budjetdan taşqari mablağlari hisobidan qoplanişi mumkin.

5. Bola kasal bölganda oromgohga qabul qilinadimi?

Oromgohda bolalarni qabul qiliş va kuzatiş komissiyasi tuziladi. Bola yöllanma va soğliği haqidagi tibbiy ma’lumotnoma (079/x-şakl) asosida oromgohga qabul qilinadi. Bunda oromgoh tibbiyot xodimlari körigidan ötkaziladi. Tibbiy körik jarayonida bolada biror kasallik alomati aniqlansa, bola oromgohga qabul qilinmaydi va uning davolanişi uçun 3 kun muddat beriladi. Bola 3 kun içida davolanib kelganda qabul qilinadi. Davolaniş 3 kundan köp davom etsa, ota-onasining 10 kunda bergan murojaatiga asosan, bolaga berilgan yöllanma qaytarib olinadi, yöllanma uçun tölangan mablağning 85 foizi qaytariladi.