Jamiyat | 18:14 / 16.06.2017
20872
2 daqiqa o‘qiladi

Qalbaki dollarlar o‘ziga qarshi dalil bo‘ldi

Illyustrativ surat. Foto: Kun.uz

Farg‘onaning Qo‘qon shahrilik T.A. “Turkiston” ko‘chasida joylashgan uyi oldida turli buyumlarni sotib olish bilan shug‘ullanuvchi noma'lum olib-sotarga 5 turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini 4 mln so‘mga sotadi. Olibsotar so‘m o‘rniga unga 520 AQSh dollariga teng jami 26 dona 20 AQSh dollari kupyurasini beradi. 

Respublika IIV matbuot xizmati xabar qilishicha, jabrlanuvchi mazkur AQSh dollari kupyuralarining haqiqiyligiga shubha qilib, ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilgan. Arizani o‘rganish jarayonida o‘tkazilgan texnik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, “26 dona 20 AQSh dollarilik kupyuralar pul biletini ishlab chiqaruvchi davlat korxonalarida tayyorlanmaganligi” ma'lum bo‘lgan.

Ko‘rilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyatchi Samarqand shahrilik 1953 yilda tug‘ilgan G.N. ekanligi aniqlangan va ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid