May oyida Özbekistonda dollarning sömga nisbatan rasmiy kursi 0,54 foizga yoki 64 sömga oşib, 11 937 sömdan 12 001 sömga qimmatlaşdi.

Oy davomidagi 17 ta savdo sessiyasining 13 tasida AQŞ dollari sömga nisbatan mustahkamlangan bölsa, 4 ta savdo sessiyasida teskari holat kuzatildi. Mayda dollarning eng minimum qiymati 1 may kuni qayd etildi – 11 937 söm. 13 may kuni dollar kursi oylik maksimum — 12 145 sömga yetdi.
Oy boşida banklarning dollarni sotib oliş böyiça eng yaxşi taklifi 11 925 sömdan, sotiş böyiça esa 11 950 sömdan boşlangan bölsa, 26 may kuni eng yaxşi xarid kursi 11 990 söm, sotiş kursi esa 12 010 sömni taşkil etdi.
Iqtisodçi Mirkomil Xolboyevning yozişiça, dollarning mustahkamlanişi faqat söm bilan emas, balki aksariyat valutalar bilan kuzatilgan. Aprel oyida dollar tanlab olingan 39 ta valutadan 32 tasiga nisbatan qadrsizlangan bölsa, may oyida esa tanlab olingan valutalarning 25 tasi dollarga nisbatan qadrsizlangan.
Aprel oyida eng yuqori mustahkamlangan valutalardan biri bölgan tenge may oyida dollarga nisbatan 5 foizga qadrsizlangan. Rubl esa dollarga nisbatan mustahkamlanişda davom etib, may oyida 5,1 foizga qadrini oşirgan. Bu körsatkiç aprelda 8,1 foizni taşkil etgandi.
Yirik valutalardan dollarga nisbatan funt va iyena 1,4 foizga, frank 0,6 foizga, yevro esa 0,5 foizga qadrsizlangan.

Oy davomida sömning kunlik tebranuvçanligi 0,31 foizni taşkil etib, aprel oyiga nisbatan sezilarli kengaygan. Ammo 2025 yilning mos oyiga nisbatan volotillik 9,2 foizga pastroq şakllangan.

«Tanlab olingan valutalar bilan taqqoslaganda, söm nisbatan past tebranuvçan valutalardan biri bölib qolgan. Lekin aprel oyi bilan taqqoslaganda sezilarli özgariş yuz bergan. Aprel oyida söm faqatgina 9 ta valutaga nisbatan tebranuvçanroq valuta bölgan bölsa, may oyda sömning tebranuvçanligi 16 ta valutaga nisbatan kengroq bölgan. Oy davomida eng tebranuvçan valuta Çili pesosi bölgan (kunlik tebranuvçanlik 0,62 foiz). Şuningdek, rubl (0,54 foiz) hamda tenge (0,47 foiz) bilan ham yuqori tebranuvçanlik kuzatilgan. Yirik valutalardan iyena (0,29 foiz) hamda yevroda (0,19 foiz) sömdan köra pastroq tebranuvçanlik kuzatilgan», deya qayd etgan iqtisodçi.














