Aprel oyida Özbekistonda dollarning sömga nisbatan rasmiy kursi 1,93 foizga yoki 235,92 sömga pasayib, 12 210,71 sömdan 11 974,79 sömga arzonlaşdi. 

Oy davomidagi 22 ta savdo sessiyasining 9 tasida AQŞ dollari sömga nisbatan mustahkamlangan bölsa, 13 ta savdo sessiyasida teskari holat kuzatildi. Aprel oyida dollarning eng minimum qiymati 30 aprel kuni qayd etildi – 11 974 söm. 9 aprel kuni dollar kursi oylik maksimum — 12 228 sömga yetdi.

Agar mart oyi oxirida banklarning dollarni sotib oliş böyiça eng yaxşi taklifi 12 170 sömdan, sotiş böyiça esa 12 215 sömdan boşlangan bölsa, 30 aprel kuni eng yaxşi xarid kursi 11 960 söm, sotiş kursi esa 11 990 sömni taşkil etdi.

Iqtisodçi Mirkomil Xolboyevning yozişiça, aprel oyida tanlab olingan 39 ta valutalarning faqatgina uçtasi dollarga nisbatan qadrsizlangan. Oy davomida dollarga nisbatan eng yuqori mustahkamlangan valuta rubl – 8,1 foiz (29 aprel holatiga). Şuningdek, oy davomida tenge 5,1 foiz, yuan 1 foizga öz qadrini oşirgan. Şuningdek, yirik valutalardan yevro 1,6 foizga, funt 2 foizga, frank 1,4 foizga hamda iyena 0,2 foizga mustahkamlangan.

Manba: Mirkonomika Telegram kanali

«Oy davomida sömning mustahkamlanişi aprel oyida çiqarilgan qimmatli qoğozlar (1 mlrd dollar ekv.), asosiy mehnat bozorimizda valuta kursi yuqori mustahkamlanişining ta’siri, oltinsiz eksportdagi yuqori ösiş (birinçi çorakda 25 foiz ösiş kuzatilgan) kabi omillar bilan izohlanadi», deya qayd etgan iqtisodçi.

Aprel oyida sömning kunlik tebranuvçanligi 0,24 foizni taşkil etib, mart oyiga nisbatan 33 foizga kengaygan. Lekin 2025 yil may-sentabr oylariga nisbatan sezilarli past şakllanişda davom etyapti.