Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mbappening agenti «Monako» bilan muzokara o‘tkazadi
«Monako» futbolchisi Kilian Mbappening kelajagi futbolchining agenti va monegaskliklar rahbariyati tomonidan muhokama qilinadi. Bu haqda L’Equipe xabar tarqatdi.
18 yoshli fransuzning yakunlangan mavsumda ko‘rsatgan o‘yinlari ko‘plab klublarning qiziqishlariga sabab bo‘ldi va jiddiy takliflar bildirila boshlandi. Ammo «Monako» Mbappeni tarkibda saqlab qolmoqchi va unga moliyaviy jihatdan qulay shartnoma taklif etmoqchi.
Futbolchi uchun asosiy da'vogar «Real» bo‘lib turibdi. Chempionlar ligasi g‘oliblari Mbappeni yozda sotib olib, uni yana bir yilga «Monako»da ijara asosida qoldirishga rozi, bundan maqsad futbolchida doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish va Fransiya terma jamoasi bilan 2018 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishiga imkon yaratib berish hisoblanadi.
«Real» Mbappe uchun 135 million yevro to‘lashga tayyor. Bu Alvaro Morata «Manchester Yunayted»ga sotilsa, ro‘y beradi.
2016/2017 yilgi mavsumda Mbappe asosiy jamoada debyut qildi, u barcha turnirlar doirasida monegaskliklar uchun 44 uchrashuvda 26 gol urib, 14 golli pas berdi. Uning «Monako» bilan shartnomasi 2019 yilgacha tuzilgan.
Mavzuga oid
07:48 / 10.07.2026
Fransiya Marokashni turnirdan chiqarib yubordi
20:55 / 07.07.2026
«Mustamlakadan chiqqan kamerunlik». Mbappega irqchilik qilindi
10:45 / 05.07.2026
JCh kundaligi. Paragvay Fransiyani qiynadi, Marokash Kanadani jazoladi
12:18 / 01.07.2026