Toshkentda yo‘l o‘tkazgich qurilishi tufayli avtobuslar yo‘nalishlari o‘zgardi
Toshkentning kichik halqa yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chasi tutashgan joydagi yo‘l o‘tkazgich qurilishi ishlari davom etayotgani munosabati bilan yo‘lda avtotransport vositalari qatnovi vaqtinchalik yopilgan.
«Toshshahartransxizmat» kompaniyasining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma'lum qilinishicha, 18 iyundan 10 iyulga qadar trassada 12, 26, 37, 68, 81, 93 va 127 raqamli avtobuslar harakati o‘zgaradi.
«Qurilish davrida 12, 26, 37, 68, 81, 93, 127-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Sarakul, Mehrijon va Qo‘shko‘prik ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishida davom ettiradi. Yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», deyilgan xabarda.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mart oyida Farg‘ona yo‘lini Nukus ko‘chasi bilan bog‘lovchi ko‘prik loyihasi bilan tanishgandi. Mirobod tumanidagi bu ko‘prikning eni 30, uzunligi 346 metr bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilinadi, eni 22, uzunligi 281 metr bo‘lgan qismi esa yangidan quriladi.
Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Istiqbol ko‘chasiga o‘tuvchi yo‘l o‘tkazgich turar-joy dahasini aylanib o‘tadi va shaharning sharqiy qismini markaz bilan bog‘laydi.
Mavzuga oid
07:37 / 26.10.2024
Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgich ishga tushirildi
08:53 / 28.09.2024
Xiva vokzali yonida yerosti yo‘l o‘tkazgichi barpo etiladi
08:28 / 31.08.2024
Toshkent halqa avtomobil yo‘lining boshqa tirband chorrahalarida ham yo‘l o‘tkazgichlar quriladi
19:33 / 14.07.2024