Şavkat Mirziyoyev 25 oktyabr kuni Toşkentning Bobur köçasida poytaxt xalqaro aeroportiga olib boruvçi yöl ötkazgiçni işga tuşiriş marosimida iştirok etdi.

Ötiş joyining yarmi ötgan yilning noyabr oyida oçilgan edi. Öşanda yöl ötkazgiçning mustahkamligini sinaş uçun u böylab umumiy oğirligi 300 tonna bölgan harbiy tanklar va tirkamalar taşilgan.
Yöl ötkazgiçning umumiy uzunligi 702 metr, eni 46 metrni taşkil etadi. Kiçik halqa yöli va Sodiq Tolipov köçasiga tutaşgan ikkita aylana va törtta yoysimon çiqiş yöllari qurildi.

Bu qayrilib olişga hojat qoldirmay, avtomobillar harakatini osonlaştirdi. Uşbu transport boğlamasi 1 soat içida 5 mingta, bir keça-kunduzda 132 mingta avtomobilni ötkaziş quvvatiga ega böldi.
Yöl ötkazgiçda birinçi marta muhandislik inşootlarini monitoring qiliş tizimi joriy etildi. Bu köpriklardagi strategik nuqtalarda elektron uzatgiçlar örnatişni öz içiga oladi. Ular orqali mustahkamlik va xavfsizlik darajasi doimiy nazorat qilib boriladi

Aeroport yaqinidagi temiryöl orqali ötuvçi yöl ötkazgiç 1967 yilda qurilgan. 2008 yilda bu yerda rekonstruksiya işlari olib borilgandi, natijada u törttadan olti qatorga kengaytirildi.











