Sport | 09:56 / 22.06.2017
22229
2 daqiqa o‘qiladi

Messi «Manchester Siti» bilan muzokara o‘tkazgan

Foto: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi 2016 yili Ispaniyani tark etishga yaqin kelgan.

Kataloniyadagi Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, u «Manchester Siti»ga o‘tishi va sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan birga ishlashi mumkin bo‘lgandi.

Xabarda aytilishicha, Messi Argentina terma jamoasida faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan paytda Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tishga qaror qilgani haqida e'lon qilishga tayyor bo‘lgandi. Terma jamoadagi muvaffaqiyatsizliklar va Ispaniya soliq idoralari bilan yuzaga kelgan muammolar tufayli Lionel shunday qarorga kelgan.

O‘shanda «Manchester Siti» Messi uchun 150 million yevro to‘lamoqchi bo‘lgan.

Manbaning aytishicha, o‘shanda uni jamoadoshi Luis Suares qolishga ko‘ndirgan.

Qayd etish kerakki, Messi hanuzgacha muddati 2018 yilda tugaydigan shartnomasini uzaytirmay kelmoqda va OAVda yana ushbu futbolchiga «shaharliklar» jamoasidan qiziqish mavjudligi haqida yozilmoqda.

Messi futbolchilik faoliyatini «Barselona»da boshlagan, u o‘tgan vaqt ichida jamoa tarkibida 631 o‘yinda maydonga tushib, 539ta gol urgan.

Mavzuga oid