Sport | 22:59 / 22.06.2017
6918
2 daqiqa o‘qiladi

Protez qo‘lli tennischi professional tennisda ilk ochkolarini qo‘lga kiritdi

Chap qo‘lining bilak qismisiz tug‘ilgan, 23 yoshli yangi zelandiyalik tennischi Aleks Xant Professional tennischilar uyushmasi reytingidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi. U mukofot jamg‘armasi 15 ming dollarni tashkil qiluvchi Guamda o‘tayotgan musobaqaning 1-davrasida raqibini 6:0, 6:0 hisobida ikki setda mag‘lub etdi.

"Fikrimcha, professional musobaqada ochko ololgan, qo‘llaridan biri yo‘q birinchi tennischi bo‘lsam kerak. Bu hamisha mening orzuim bo‘lgan", deb aytgan Xant g‘alabadan keyin. Uning aytishicha, u o‘z harakati bilan nogiron odamlarni ilhomlantirmoqchi bo‘lgan.

Xant Guamdagi musobaqadan keyin Ispaniya, Portugaliya va Marokashda o‘tadigan musobaqalarda ham o‘z kuchini sinab ko‘rmoqchi.

Xantning aytishicha, uning asosiy maqsadi qachondir "Katta dubulg‘a" musobaqasida o‘ynashdan iborat. "Men bunga qanday erishish mumkinligini tasavvur qilolmayman. Men shunchaki ko‘p mashg‘ulot qilib, o‘zimning eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatishga harakat qilaman. Ko‘ramiz, nima bo‘larkin?", deb aytgan tirishqoq tennischi.

Mavzuga oid