Afsonaviy tennisçi Rojyer Federer Professional tennisçilar assotsiatsiyasining Dubayda ötgan musobaqasi ğolibi böldi.
37 yoşli Federer finalda gretsiyalik Stefanos Tsitsipas ustidan 6:4, 6:4 hisobida ğalaba qozongan.
Bu Federer uçun faoliyatidagi 100-unvon böldi. U amerikalik Jimmi Konnorsdan keyin ATP’ning 100 ta musobaqasida ğolib bölgan ikkinçi tennisçi böldi. Konnors zamonaviy tennisda ğalabalar böyiça rekordçi hisoblanadi. Uning hisobida 109 ta unvon bor.
Federerga “Katta dubulğa” seriyasiga kiruvçi musobaqalardagi ğalabalar böyiça rekord tegişli. U bu seriyaning 20 ta musobaqasida ğolib bölgan: Avstraliya oçiq çempionatini 6 marta, Fransiya oçiq çempionatini bir marta, Uimbldonni 8 marta va AQŞ oçiq çempionatini 5 marta yutgan.
Şveytsariyalik tennisçi, şuningdek, ATP reytingining eng yuqori poğonasini egallab turiş haftalari böyiça rekordçi hisoblanadi (310 hafta).












