Jamiyat | 09:57 / 25.06.2017
8514
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda faxriy 2 ming kundan beri Disneylendga tashrif buyurishdan charchamayapti

Foto: NBC

AQShda yashovchi Jyeff Reytts ketma-ket 2 ming kun davomida Disneylend bog‘iga tashrif buyurishni davom ettirmoqda. Avval ishsiz bo‘lgan, hozir esa o‘ziga ish topgan faxriy bu "uzoq safari"ni 2012 yilda boshlagan va bog‘ga tashrif buyurishni bir yildan keyin to‘xtatmoqchi bo‘lgan, biroq u bu qiziqishidan to‘xtay olmayapti.

AQSh harbiy-havo kuchlarining 44 yoshli ishsiz faxriysi Disneylendga "jilla qursa nimadir bilan mashg‘ul bo‘lish istagida" borishni boshlagan.

"Menga hamon bu yerga kelish quvonch bag‘ishlaydi. Bu men hanuzgacha buni qilayotganimning yagona sababidir. Gap rekordda emas, menga shunchaki bog‘ning sehrini his qilish yoqadi", deb aytgan Reytts.

Hozirda Reytts o‘ziga kunduziga ish topganiga qaramasdan, bog‘ga kechki payt kelishdan to‘xtamayapti. Disneylend direktori Jon MakKlintok bog‘ga bunday muntazam ravishda keluvchi boshqa bir insonni bilmasligini aytgan.

Reyttsning aytishicha, u ba'zi arg‘umchoqlarda o‘nlab martalab uchganiga qaramasdan, hamon ularga qiziqishi so‘nmagan. Sobiq harbiy yangi attraksionlar ochilishini intiqlik bilan kutayotganini aytgan. Disneylendning ashaddiy muxlisining ta'kidlashicha, uning eng sevimli attraksioni Matterhorn Bobsleds tepaliklari hisoblanadi.

Mavzuga oid