Hongkongdagi "Disneylend" köngiloçar boği ma'muriyati koronavirus bilan boğliq vaziyat sababli boğ işini töxtatişga qaror qildi.
Avvalroq Şanhaydagi "Disneylend" rahbariyati ana şunday qarorga kelgandi.
Şuningdek, Hongkongdagi Ocean Park tematik köngiloçar maskani ham iş faoliyatini töxtatgan.
OAVning yozişiça, Hongkongda koronavirus tarqalişi xavfi bois favqulodda holat e'lon qilingan.
Sönggi xabarlarga köra, yangi turdagi koronavirusdan vafot etganlar soni 57 nafarga yetgan. Uşbu virusni yuqtirganlar esa 2 mingdan oşib ketgan.













